Tozalashga buyurtma berish
+998 95 144 1234
Menejerga yozish
Eng ko'p tanlanadigan xizmatlar
Muammo haqida xabar berish

Maktab formasi butun o'quv yili davomida xizmat qilishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak

Maktab formasi deyarli har kuni kiyiladi. Pidjak bolaning egnida 6-8 soatlab turadi, shim doim stulga ishqalanadi, oq ko'ylak esa kechga borib o'zining oqligini yo'qotishi mumkin.

Shuning uchun maktab formasini parvarish qilishdagi asosiy vazifa – shunchaki dog'larni ketkazish emas, balki kiyimlarning shakli, rangi va ozoda tashqi ko'rinishini o'quv yilining oxirigacha saqlab qolishdir.
O'g'il bolalar uchun maktab formasi
Самая большая нагрузка обычно приходится на брюки и пиджак.

На брюках быстро появляются потертости на коленях, заломы и блеск. Пиджак в основном страдает в области локтей, воротника и манжет.

При этом постоянно стирать костюм дома не стоит. Пиджак можно сравнить с небольшим каркасом. Внутри него находятся подкладка, специальные прокладки, укрепляющие элементы и швы, которые вместе создают нужную форму. Если разные материалы после стирки дадут разную усадку, пиджак может выглядеть иначе даже без заметных повреждений. По этой же причине не рекомендуется гладить пиджак в домашних условиях, поскольку разные материалы, по разному реагируют с температурой.
Oq ko'ylaklar alohida e'tibor talab qiladi. Yoqa va yeng uchlari badanga doim tegib turgani uchun hammadan tez kir bo'lib, qorayadi.

Ruchka, ovqat yoki ichimliklardan tushgan dog'larni qattiq ishqalab ketkazishga urinmagan ma'qul. Ba'zida uy sharoitida dog'ni ketkazish uchun qilingan bir necha daqiqalik harakatlar kichkina kirni uning atrofidagi katta oqargan joyga aylantirib qo'yishi mumkin.

Uyda kundalik parvarish uchun chang, soch tolalari va mayda tuklarni tozalash hamda ularni ko'tarish uchun pidjak va shim ustidan kiyim tozalaydigan rolik yoki yumshoq cho'tka yurgizib chiqishning o'zi kifoya. Bu kostyumni ozoda saqlashga yordam beradi, lekin matoga sekin-asta yig'ilib boradigan kirlarni ketkazish uchun uni baribir vaqti-vaqti bilan professional kimyoviy tozalashga topshirib turish kerak, chunki kuz faslida kostyum nafaqat bino ichida, balki tashqarida ham yomg'ir, namlik va loy sachrashi kabi holatlarga dosh berishiga to'g'ri keladi.
Qiz bolalar uchun maktab formasi
Yubka, sarafan va jaketlarni parvarishlashning ham o'ziga xos qiyinchiliklari bor.

Ayniqsa, taxlamali yubkalarga alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak. Ulardagi burmalar shunchaki kiyimga chiroy beruvchi bezak emas. Bu matoga maxsus berilgan shakldir.

Garmoshka qilib taxlangan qog'ozni ko'z oldingizga keltiring. Bukilgan chiziqlar tekis turgandagina, butun buyum ozoda va chiroyli ko'rinadi. Agar burmalarning bir qismi yoyilib yoki shakli o'zgarib qolsa, uning boshlang'ich shaklini qayta tiklash ancha qiyin bo'ladi.

Shuning uchun yuqori harorat va noto'g'ri dazmollash yubkaning tashqi ko'rinishini odatdagi kiyib yurishdan ko'ra tezroq buzib qo'yishi mumkin.
Uyda jaket, sarafan yoki yubkani kiyim tozalaydigan rolik yordamida sekin tozalab, maktabdan keyin ularni kiyim ilgichga osib, ochiq havoda yaxshilab shamollatish mumkin. Bunday parvarish kiyimni kiyishlar oralig'ida uning toza tashqi ko'rinishini saqlab qolishga yordam beradi, lekin kiyimni asrash va chuqurroq tozalash uchun maktab formasini vaqti-vaqti bilan kimyoviy tozalashga berib turgan ma'qul.

Qiz bolalar ko'ylaklari (bluzkalar) ham alohida e'tibor talab qiladi. Yoqa va yeng uchlaridan tashqari, ularda pardoz vositalari, ovqat va maktab anjomlarining izlari qolib ketishi mumkin. Bezakli bantlar, kashtalar, to'rlar va boshqa qo'shimcha qismlar esa ba'zan alohida tozalash usulini talab qiladi.
Maktab formasini ehtiyotkorlik bilan tozalash kerak: biz kiyimlarning shakli, rangi va ozodaligini saqlab qolishga yordam beramiz.
Birinchi tozalash uchun -20% chegirma sovg'a qilamiz
Formani har hafta tozalash shartmi
Yo'q. Kiyimga haddan tashqari ko'p ishlov berish ham har doim foydali bo'lavermaydi.

Maktabdan qaytgach, formani shamollatish, tekislash va unga mos keladigan kiyim ilgichga osib qo'yish eng to'g'ri yo'ldir. Kun bo'yi kiyilgandan so'ng, pidjak o'z shaklini qayta tiklab olishi uchun unga biroz vaqt berish foydadan holi emas.

Bu holat biroz oyoq kiyimiga o'xshaydi. Agar bir xil poyabzalni har kuni kiyib, uning quritilishi va o'ziga kelishi uchun vaqt berilmasa, u o'z tashqi ko'rinishini juda tez yo'qotadi.

Ammo matoda ko'zga tashlanadigan kirlar, noxush hid, yaltirash paydo bo'lsa yoki formaning shakli ozoda ko'rinmay qolsa, kiyimni professional tozalashga berish haqida o'ylash vaqti kelgan bo'ladi.
Maktab formasini yil oxirigacha qanday yaxshi saqlab qolish mumkin
Kirlar judayam ko'zga tashlanadigan darajaga kelguncha kutib o'tirish kerak emas. Eski dog'larni ketkazish odatda yangi tushgan dog'larga qaraganda qiyinroq kechadi.

Lux Laundry'da tozalashdan oldin matoning tarkibi, buyumning tuzilishi, bezakli qismlari va dog'larning qanday turdaligi hisobga olinadi. Pidjak, burmali yubka va oq bluzka uchun butunlay har xil parvarish usullari talab qilinishi mumkin.

Maktab formasi bola bilan birgalikda deyarli har kuni tinimsiz xizmat qiladi. To'g'ri parvarish formaning nafaqat birinchi sentyabrda, balki "So'nggi qo'ng'iroq"qacha ham o'zining ozoda ko'rinishini saqlab qolishiga yordam beradi.
Formani olib ketamiz va uni top-toza, ozoda hamda yangi o'quv kunlariga tayyor holatda qaytarib beramiz.
Birinchi tozalash uchun -20% chegirma sovg'a qilamiz

Как ухаживать за школьной формой, чтобы она пережила весь учебный год