Ayollarning ofis kiyimlari matolarining o'zaro moslashuvi jihatidan ko'pincha murakkabroq bo'ladi.
Pidjak jundan, ko'ylak ipakdan tikilgan, yubka yoki ko'ylakning esa ichki astari, bezaklari yoki murakkab bichimi bo'lishi mumkin. Bunday kiyimlarning har biri suvga, issiqlikka va ishqalab tozalashga har xil munosabat bildiradi.
Yana bir o'ziga xoslik bor. Ayollar kiyimlarining yoqasi va qaytarmalarida ko'pincha tonal kremi, upa va boshqa pardoz vositalarining izlari qolib ketadi. Ular birinchi kuni deyarli bilinmasligi mumkin, lekin sekin-asta matoga singib, qotib qoladi. Bunday dog'larni uy sharoitida ketkazish juda qiyin, chunki aksariyat kompaniyalar o'z mahsulotlarini ataylab suvga chidamli qilib ishlab chiqaradilar. To'g'ri, qizdirilganda dog'ning tarkibi buziladi, ammo lab bo'yog'ining izi bo'yni yopiq jun ko'ylakka tekkan bo'lsa nima qilish kerak? Junli matoni hech qachon yuqori haroratda yuvish mumkin emas. Bunga javob bitta – Lux Laundry kimyoviy tozalash xizmati.