Mato turi, zichligi va ilish usulini inobatga olgan holda kimyoviy tozalash ishlarini bajaramiz. Tolalarga ziyon yetkazmaydigan va rangini o‘chirib yubormaydigan yumshoq, xavfsiz vositalardan foydalanamiz. Mutaxassisimiz uyingizga borib, pardalarni ehtiyotkorlik bilan yechib oladi va tozalashdan so‘ng qayta osib beradi.
Har qanday shakl va matoga ega mebel g‘iloflari bilan ishlaymiz. Tozalashdan avval mato turini va uning kirlanganlik darajasini baholaymiz, so‘ngra xavfsiz tozalovchi vositani tanlaymiz. Mebelning tuzilishiga qarab, g‘iloflarni kuryer orqali olib ketamiz yoki tozalash ishlarini uyingizda bajaramiz.
Yostiqlarning yechiladigan jildini ham, o‘zini ham butunligicha tozalaymiz. Tozalovchi vositalar yostiqning ichidagi to’ldirma va mato turiga qarab alohida tanlanadi hamda uy va inson salomatligi uchun bezarardir. Kimyoviy tozalash ishlari joyida yoki mutaxassislarimiz tomonidan olib ketilgan holda bajarilishi mumkin.
Kattaligi 1×1 metrgacha bo'lgan kichik gilamlar va uzun yo'lakcha gilamlarni tozalaymiz. Kirlarni, chang va hidlarni uning yuzasidan va tuklari orasidan ketkazamiz.
Yashash xonalari uchun xavfsiz bo'lgan vositalardan foydalanamiz.
Gilamlar va gilamli qoplamalar
Olib kelingan kreslo, stul va pufiklarni tozalaymiz. Ustki matosini ehtiyotkorlik bilan tozalaymiz, hidlarni va biroz ishlatilganlik izlarini yo'qotamiz. Yashash joylari va bolali oilalar uchun to'g'ri keladigan xavfsiz vositalardan foydalanamiz.
Materialning yumshoqligi va strukturasini saqlagan holda maishiy kirlar, chang va hidlarni yo‘q qilamiz. Kundalik ishlatiladigan tekstil uchun mos keluvchi, matoga ziyon yetkazmaydigan vositalardan foydalanamiz. Buyurtmani o‘zimiz olib ketib, yetkazib berishimiz yoki mutaxassisimizning o’zi borib baholashi mumkin.