Biz Lux Laundry’da mebel va gilamlarni professional darajada kimyoviy tozalaymiz. Mahsulotlarning materiali va tuzilishiga ziyon yetkazmagan holda ularga yangi ko’rinish, tozalik va shinam interyer hissini qaytaramiz.
Yumshoq mebel va gilamlarda har kuni oddiy tozalash bilan ketkazib bo‘lmaydigan chang, hidlar, ifloslantiruvchi mikrozarralar va kundalik foydalanish izlari to‘planib boradi. Vaqt o‘tishi bilan bu nafaqat buyumlarning tashqi ko‘rinishida, balki uydagi tozalik muhitida ham o‘z aksini topadi. Hatto ozoda tutilgan mebelda ham mato va ichki qoplama tuzilishida chuqur kirlar saqlanib turishi mumkin. Shu sababli xona tozaligini, interyer esa ko’rkam ko’rinishini yo‘qotadi.
Professional kimyoviy tozalash materiallarning tuzilishini saqlab, xizmat muddatini uzaytiradi hamda mebel va gilamlarga avvalgi tozaligi, yangiligi va qulayligini qaytarish imkonini beradi.
Qaysi turdagi buyumlar bilan ishlaymiz?
Gilam tolalari orasiga o‘rnashib qolgan kir, chang va yoqimsiz hidlarni butunlay ketkazib, chuqur tozalaymiz. Turar joylar uchun mo‘ljallangan, professional, lekin ayni paytda xavfsiz vositalardan foydalanamiz. Gilamni olib ketishga hojat yo‘q — ishni uyingizga borib bajaramiz.
Yostiqlarning yechiladigan jildini ham, o‘zini ham butunligicha tozalaymiz. Tozalovchi vositalar yostiqning ichidagi to’ldirma va mato turiga qarab alohida tanlanadi hamda uy va inson salomatligi uchun bezarardir. Kimyoviy tozalash ishlari joyida yoki mutaxassislarimiz tomonidan olib ketilgan holda bajarilishi mumkin.
Har qanday shakl va matoga ega mebel g‘iloflari bilan ishlaymiz. Tozalashdan avval mato turini va uning kirlanganlik darajasini baholaymiz, so‘ngra xavfsiz tozalovchi vositani tanlaymiz. Mebelning tuzilishiga qarab, g‘iloflarni kuryer orqali olib ketamiz yoki tozalash ishlarini uyingizda bajaramiz.
Materialning yumshoqligi va strukturasini saqlagan holda maishiy kirlar, chang va hidlarni yo‘q qilamiz. Kundalik ishlatiladigan tekstil uchun mos keluvchi, matoga ziyon yetkazmaydigan vositalardan foydalanamiz. Buyurtmani o‘zimiz olib ketib, yetkazib berishimiz yoki mutaxassisimizning o’zi borib baholashi mumkin.
Divan, kreslo va boshqa yumshoq mebellarni uyingizning o‘zida kimyoviy tozalaymiz. Mato va ichki qoplamani chuqur tozalab, noxush hidlar va ekspluatatsiya izlarini bartaraf qilamiz. Turar joy hamda farzandli oilalar uchun mos keladigan xavfsiz vositalardan foydalanamiz.
Mato turi, zichligi va ilish usulini inobatga olgan holda kimyoviy tozalash ishlarini bajaramiz. Tolalarga ziyon yetkazmaydigan va rangini o‘chirib yubormaydigan yumshoq, xavfsiz vositalardan foydalanamiz. Mutaxassisimiz uyingizga borib, pardalarni ehtiyotkorlik bilan yechib oladi va tozalashdan so‘ng qayta osib beradi.
Pardalar va tyul
Mebel g‘iloflari
Dekorativ yostiqlar
Gilamlar va gilamli qoplamalar
Yumshoq mebel
Choyshab va adyollar
Kimyoviy tozalashga qachon murojaat qilish muhim?
Мы специализируемся на подборе и поставках высококачественного шоколадного сырья для производств. Берём на себя логистику и гибко подходим к задачам партнёров
Наши главные советы
Uzoq vaqt faol foydalanilgandan so‘ng
5
Muhim tadbir yoki ko‘chish oldidan
4
Uyda bolalar yoki uy hayvonlari bo‘lsa
3
Dog’lar yoki noxush hidlar paydo bo‘lsa
2
Mebel va gilamlar o‘z ko’rinishini yo‘qotgan bo‘lsa
O‘zingizga qulay bo‘lgan salonning Telegram profiliga yozing, biz sizga konsultatsiya beramiz yoki kuryer uyingizga borishini tashkillashtirishga yordam beramiz.